TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO’LIDAGI XALQARO HAMKORLIK

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH YO’LIDAGI XALQARO HAMKORLIK

     2020-yil 27-may kuni Toshkent moliya instituti “Davlatiy moliya” kafedrasi xalqaro hamkorlik faoliyati doirasida Qozog‘istonning Qarag‘anda davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda “Moliyaning dolzarb masalalari” mavzusida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi, unda zamonaviy moliyaning holati bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi kelajakdagi xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada Iqtisodiyot fakulteti dekani, akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda davlat universiteti Yoshlar tadbirkorligi markazi rahbari, i.f.n., professor Xusainova Jibek Seitovna, ilmiy-innovatsion ishlar bo‘yicha dekan muovini Jartay Zanibek Maratovich, "Moliya" kafedrasi mudiri Akbayev Erbulsin Tursunovich ishtirok etdilar va pandemiya sharoitida ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Toshkent moliya instituti tomonidan konferensiyada “Davlatiy moliya” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor T.S.Malikov va kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Konferensiya natijalariga ko‘ra, ma’ruzachilar bilan kadrlar almashish dasturlarini amalga oshirish, akademik harakatchanlikni ta’minlash, qo‘shma xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish, hamkorlikda o‘quv adabiyotlarini nashr etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

14:59 / 2020-06-02
Success helper
Success warning