Sanobar Matlyubayeva bilan A.Qahhor haqida

Sanobar Matlyubayeva bilan A.Qahhor haqida

      Moliya fakultetining tashabbusi ostida 2020-yilning 6-noyabr kuni Adiblar hiyobonida A.Qahhor ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan bir qatorda Qahhor uy muzeyi direktori Sanobar Matlyubayeva ham ishtirok etdi. “Abdulla Qahhor o’z uyida katta kutubxonasiga ega bo’lgan va ularning katta qismi turli xil tillarda edi. Demak bundan kelib chiqadiki, A.Qahhor chet el adabiyotini juda sevar edi. Uning chet el adabiyotlariga bo’lgan qiziqishi tarjima asarlarida ham yaqqol gavdalanadi”-deya ta’kidladi muzey rahbari.
         Fakultet iqtidorli talabalari tomonidan A.Qahhor asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi tadbirga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi.

16:43 / 2020-11-07
Success helper
Success warning