“INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasidagi muloqotlar Toshkent moliya instititutiga ko‘chdi

“INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasidagi muloqotlar Toshkent moliya instititutiga ko‘chdi

 

  Toshkentda joriy yilning 5-7 aprel kunlari “INNOPROM”: “O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu strategik tadbir O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Fransiya, Germaniya, Chexiya va Yaponiyadan 300 dan ortiq sanoat kompaniyalari, oliy o‘quv yurtlari va biznes delegatsiyalarining uchrashishi uchun yagona platforma vazifasini bajardi.

 

Mazkur yirik xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun kelgan Rossiya Federatsiyasida joylashgan Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori boshlichigidagi delagatsiya 2021-yil 6-aprel kuni Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.

 

Uchrashuv davomida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi bugungi kundagi hamkorlikning holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

 

Shuningdek, Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Y.P.Silin uchrashuvda Toshkent moliya instituti bilan ilmiy-innovatsion yo‘nalishda qo‘shma loyihalarni, jumladan, iqtidorli talabalar o‘rtasida olimpiadalar tashkil etish, xalqaro ilmiy jurnallar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, xalqaro grantlar doirasida tadqiqotlar olib borish, ikki oliy ta’lim muassasalari tadqiqotchilarining ilmiy ishlari himoyalarini tashkil qilish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

 

Mazkur usrashuv so‘ngida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan chop etilgan ilmiy adabiyotlar o‘zaro almashildi. 

 

 

 

14:27 / 2021-04-06
Success helper
Success warning