“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Mening sevimli adibim” mavzusidagi tadbir.

“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Mening sevimli adibim” mavzusidagi tadbir.

 2019-yil 27-sentabr kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan  Toshkent moliya institutining 3-TTJ da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbus doirasida “Mening sevimli adibim”, “Men sevgan asar” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

 

 Tadbirga bunday nom berilishidan maqsad qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamroh, yaqin do‘st, avlod tarbiyasi, xususan, o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishda beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan kitob targ‘iboti edi. Bundan tashqari, bugun kompyuter, internet, mobil aloqa vositalari singari zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan hozirgi davrda ertamiz egalarida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish dolzarb ahamiyat kasb etayapti.

 

 Tadbir maruzachilari tomonidan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyos ekani qayta-qayta ta’kidlandi.

 

17:35 / 2019-10-08
Success helper
Success warning