“Til boyligi-dil boyligi”

“Til boyligi-dil boyligi”

 Toshkent moliya institutining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan 2019 yil 3oktabr kuni Oxford University Press hamkorligida “Til boyligi-dil boyligi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbirga EDU Press direktori Mirlan Ashimkanov, Oxford University Press bosh menejeri Asel Baybatirova va OUP hodimi Riskul Ashimkanovalar taklif etildi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida o‘tkazildi. Ushbu tashabbus zamirida esa talabalar orasida nafaqat o‘zbek tilida yozilgan kitoblarni, balki xorijiy tilda nashr etilgan kitoblar mutolaasini targ‘ib qilish mavjud. Seminar davomida kafedra pedagog xodimlari va talabalar faol qatnashib, o‘z savollariga mutaxassislardan fikr-muloxazalar oldilar.

 

17:48 / 2019-10-08
Success helper
Success warning