Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti akademguruhlarida “Talabalar kengashi”ning guruh sardorligiga saylovlar o‘tkazildi.
Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti tasarrufidagi akademguruhlarda “Talabalar Kengashi” sardorligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu saylovlarni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad: institut talabalarining ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoit yaratib berishga ko‘maklasha oladigan, shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qila oladigan munosib lider nomzodlarni shakllantirishdan iborat.
Saylovlarda yuqori ovoz natijalari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarni institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalarni xayotga tadbiq etish, yoshlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklash, yoshlarning bilim olish, chet tillarini o‘rganishlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashlari hamda ularni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan loyihalarni o‘tkazish platformasini yaratish, iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratish kabi tashabbuslarda faol bo’lishlariga chaqirib qolamiz. Bilingki, institut rahbariyati Sizlarning ijobiy tashabbuslaringizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor. (Institut matbuot kotibi).