Beshta muhim tashabbus - harakatda

Beshta muhim tashabbus - harakatda

Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini mustaxkamlash borasidagi Prezident farmonining amalda ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-iyun kuni Toshkent moliya instituti xamda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan 14-umumta’lim maktab hamkorligida "1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag‘ishlab “Beshta muhim tashabbus - harakatda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

 

Mahallalarda uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha 5 tashabbus doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda “Uchtepa”, “Quyi Darxon”, “Yangiyo‘l”, “Diydor” va “Alixonto‘ra Sog‘uniy” mahalla yoshlari ishtirokida futbol, shaxmat, stol tennis va armrestling sport turlari bo’yicha musobaqalar, milliy kashtachilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari, kitobxonlik bo‘yicha viktorinalar tashkil qilindi. Har bir sport turlari bo‘yicha ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egallagan mahalla yoshlariga Toshkent moliya instituti Kasaba uyushmasi tomonidan diplom va estalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Tadbirda Toshkent moliya instituti rektori To‘lqin Teshabaev, Uchtepa tumani IIB boshlig‘i Abdulvosit Abdurazoqov, “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muxtor Ilxomov, “Quyi Darxon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilshod Alimovlar so‘zga chiqdilar. O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi 98-162-sonli harbiy qism xizmatchilari, institut “Moliyachi gulshani" ashula va raqs ansambli a’zolari hamda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi barcha qatnashchilarning ruhiyatiga quvonch bag’ishlab, bolalik damlariga hayolan sayr qilishga sabab bo’ldi.

 

11:35 / 2021-06-01
Success helper
Success warning