"O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari" mavzusida viktorina
2019-yil 8-noyabr kuni “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi o‘qituvchi-murabbiylari D.R.Shaymardanova va A.M.Aripovalar “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti birinchi kurs BHN-01 va BILM-01 guruh talabalari ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayrog‘i, gerbi, madhiyasi) haqidagi bilimlarini mustahkamlash, talabalarda vatanparvarlik va fuqarolik hissini tarbiyalash, shuningdek, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida "O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari" mavzusida viktorina tashkil etdilar.