“SUHBATDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TISH SIRLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

“SUHBATDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TISH SIRLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

     2020-yil 8-fevral kuni Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi N.K.Shaislamova tomonidan fakultet talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

 

     “Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish sirlari” mavzusidagi seminar-trening psixolog Y.B.Umarova tomonidan o‘tkazildi. Mazkur seminar-treningda psixolog Yulduz Umarova tomonidan talabalar oliy ta’lim muassasalarini bitirganlaridan so‘ng, turli tashkilot va kompaniyalarga ishga kirayotgan vaqtlarida yuzaga keladigan muammolar va qiyinchiliklar hamda ularni yengib o‘tish sirlari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, muvaffaqiyatli ish boshlashda, CV (Curriculum Vitae) – ma’lumotnoma to‘ldirishda nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligini talabalarga o‘rgatildi.

 

15:29 / 2020-02-10
Success helper
Success warning