“Moliya” fakulteti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi kafedra haftaligi doirasida “Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir

“Moliya” fakulteti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi kafedra haftaligi doirasida “Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir

 2019-yil 8-oktyabr kuni “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

 

 Tadbirni Toshkent moliya instituti Murabbiylar kengashi raisi i.f.n., dotsent U.Rajabov ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti “Radiatsion kimyoviy tibbiy biologik muhofaza” kafedra boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Haydarov hamda institut katta o‘qituvchisi Liliya Galimova ishtirok etdilar.

 

 Ushbu davra suhbatida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish, xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

 Mazkur davra suhbati talabalar bilan jonli tarzda olib borildi va talabalarda katta taasurot qoldirdi. Institut mutaxassislari tomonidan berilgan ma’lumotlar talabalarda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish haqida tasavvur, tushuncha va ko‘nikmalar hosil qildi. Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar oldilar.

 

17:42 / 2019-10-10
Success helper
Success warning