Mening ovozim – Vatanim kelajagi!
2019-yil 15-noyabr kuni “Budjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Mening ovozim – Vatanim kelajagi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi 2019-yil 22-dekabr kuni bo’lib o’tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish hamda har bir saylovchining ushbu jarayonlarga nisbatan befarq bo’lmaslikka chorlash.
Mehmon sifatida tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi rais o‘rinbosari A.K.Pardayev o’z ma’ruzasida “…Hozirgi vaqtda respublika bo‘yicha saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirilmoqda. Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ham teng huquqlilik asosida saylovlarda ishtirok etishlari uchun ularning saylov uchastkalariga kelishlari, bino ichida erkin harakatlanishlari, alohida kabinalar va Brayl alifbosi asosidagi byulletenlar ishlab chiqarilmoqda” –deb ta’kidlab o’tdi.