Dotsenti b.mamatov tomonidan atb “turonbank”da tashkil etilgan sayyor dars
2019-yilning 12-noyabr kuni “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti B.Mamatov tomonidan “Korporativ moliya va qimmatli qog'ozlar bozori” magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistrantlari uchun ATB “Turonbank”da sayyor dars tashkil etildi.
Sayyor dars davomida ATB “Turonbank”ning Kreditlash departamenti boshlig'i o'rinbosari A.Muxammadiev, Jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash boshqarmasi boshlig'i U.Utanov, Aholi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassisi U.Bekchanovlar kredit loyihalari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va IABS dasturining ishlash mexanizmi to'g'risida magisrantlarga batafsil tushuntirishlar berib o'tdilar.