Stipendiya tanlovi yuzasidan mas’ullardan maslaxat

Stipendiya tanlovi yuzasidan mas’ullardan maslaxat

    2021-yilning 13-aprel sanasida 2021-2022 o‘quv yili uchun nufuzli xorijiy davlatlarda o‘qish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan stipendiyalar tanlovi bo‘yicha institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi va Xalqaro hamkorlik bo‘limi hodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

    AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olish imkoniyatini beruvchi ushbu stipendiya tanloviga hujjatlar 1-mayga qadar onlayn rejimda qabul qilinadi.

 

www.eyuf.uz 

 

14:46 / 2021-04-13
Success helper
Success warning