TMI professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida masofaviy darslar oʻtildi

TMI professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro hamkorlik doirasida masofaviy darslar oʻtildi

Toshkent moliya instituti va Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti oʻrtasida tuzilgan hamkorlik bitimi doirasida joriy yilning 13-dekabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi mudiri i.f.d., prof. N.Kuziyeva va kafedra dotsenti v.b. O.Shodiyevlar tomonidan “Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlari” hamda “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari” mavzularida masofaviy maʼruza darslari oʻtildi.

 

Maʼruzada Moliya universitetining “Soliqlar va soliq maʼmuriyatchiligi” Departamenti dekani, professor-oʻqituvchilar, talaba va magistrantlar ishtirok etishdi.

 

 

10:45 / 2022-12-14
Success helper
Success warning