TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA KANSAI UNIVERSITETINING HAMKORLIK NATIJALARI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA KANSAI UNIVERSITETINING HAMKORLIK NATIJALARI

      Toshkent moliya instituti va Yaponiyaning Kansai universiteti (Kansai University) o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida Xalqaro hamkorlik bo‘limi, “Bank ishi” fakulteti va “Bank hisobi va audit” kafedrasi tashabbuslari bilan hamkor xorijiy universitetning Tijorat fakulteti professor-o‘qituvchilari Masahiro Tokunaga (PhD) va Takeichi Manabu (PhD) o‘zaro tajriba almashish va ma’ruza darslarini o‘tish uchun 2019-yilning 9-12 sentabr kunlari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdilar.

     Masahiro Tokunaga va Takeichi Manabu institutning Bank ishi fakulteti talabalariga va magistrantlarga Kansai universiteti, Yaponiya iqtisodiyoti, bank tizimi hamda pul tizimiga oid mavzularda ma’ruza, seminar hamda master-klass darslarini o‘tdilar. O‘tkazilgan ma’ruza, seminar hamda master-klass soatlari talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni oldilar.

     Tashrif davomida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jasur Karimqulov, kafedra mudiri Zafar Umarovlarning mexmonlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suxbat natijasi kelgusida Toshkent moliya instituti va Kansai universiteti hamkorligida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar tuzish bilan yakunlandi.

 

17:10 / 2019-09-16
Success helper
Success warning