AXBOROT KOMPLEKSLARIDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

AXBOROT KOMPLEKSLARIDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

 Toshkent moliya institutining  “Sirtqi bo’limi” va “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot”  kafedrasi tashabbusi  bilan 2019-yil 16-oktyabr kuni “Axborot komplekslarida masofaviy ta’lim tizimi ” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatiga Davlat statistika qo’mitasi akademigi,  iqtisodiyot fanlar doktori S.S.G’ulomov taklif etildi. Tadbirda sirtqi bo’lim boshlig’i O.T.Astanaqulov, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot”  kafedrasi mudiri v.v.b U.Q.Yakubov , “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot”  kafedrasi pedagog xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.

 

 Tadbirda S.S.G’ulomov so’zga chiqib, talabalar bilan axborot komplekslarida masofaviy ta’limning maqsadi, masofaviy ta’lim modellari, masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari  to’g’risida suhbat olib bordi.

 

 Tadbir davomida akademik, S.S.G’ulomov o’ziga xos interfaol metodlar yordamida mavzuni qiziqarli qilib talabalarga yetkazdi, shuningdek ishtirokchilarning ko’plab savollariga javoblar va malakali maslaxatlar berdi.

 

15:29 / 2019-10-16
Success helper
Success warning