“Yong‘in xavfsizligi oyligi” dorasida profilaktik tadbir

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” dorasida profilaktik tadbir

 Toshkent moliya instituti Bank ishi fakultetida Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” dorasida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

 Tadbirga Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Yunusobod tumani boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik B.S.Samigov, institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, institut mehnat va fuqaro muxofazasi bo‘lim boshlig‘i M.Yuldasheva hamda Bank ishi fakulteti dekani R.Saidov va Bank ishi fakulteti murabbiylari va talabalari ishtirok etishdi.

 

 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarida faol ishtirok etishga undash, shuningdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga har doim amal qilishlari lozimligini tushuntirishga qaratildi.

 

 Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

 

 

17:48 / 2019-10-17
Success helper
Success warning