“Talabalar teatr studiyalari”ning fakultetlararo bellashuvi

“Talabalar teatr studiyalari”ning fakultetlararo bellashuvi

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida 2019-yilning 14-mart kuni institutida tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalarining fakultetlararo festivali bolib otdi.

Ushbu tadbirda Bank ishi fakultetining “Yosh bankirlar” jamoasi A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarini , Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Mirzo teatr” jamoasi Erkin Vohidovning “Oltin devor” asarini, Moliya fakultetining “Yosh ijodkorlar” jamoasi Xamza Hakimzoda Niyoziyning “Toshkentga sayohat” asarini, Menejment fakultetining “Yuksalish” jamoasi Said Ahmadning “Kelinlar qozgaloni” hikoyasining zamonaviy ruscha talqinini, Bugalteriya hisobi va audit fakultetining “Turon teatr truppasi” jamoasi Rahmat Fayziyevning “Sen yetim emassan” kinoqissasini, Gaznachilik va davlat jamgarmalari fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi Umar ibn Hattob asari asosida “Iymon” spektakllarini yegilganlar e’tiboriga havola etdilar.

Festivalda “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Mirzo teatr” jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Oltin devor” spektakli sazovor boldi.

 

21:11 / 2019-03-18
Success helper
Success warning