“Ayol–oilaning ham chirogʻi, ham charogʻboni” mavzusida davra suhbati

“Ayol–oilaning ham chirogʻi, ham charogʻboni” mavzusida davra suhbati

2019-yil 15-mart kuni “Chet tillari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari 1-ma’ruzalar zalida Ayol–oilaning ham chirogʻi, ham charogʻboni” mavzusida davra suhbati oʻtkazdilar. Ushbu tadbirga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulchexra Nosirova va Shuxrat medali soxibi Rasulxon Qodirxonovlar tashrif buyurdilar. Tadbirni murabbiylar kengashi raisi, dotsent U. Radjabov ochib berib, ayollarning mamlakat, jamiyat va oilada tutgan oʻrni haqida fikr yuritdi. Shundan soʻng, tadbir mehmonlari “Mehr-shafqat va sadoqat timsoli-ayol”, “Ulugʻ va tabarruk zot-Ona” mavzulari haqida oʻzlarining tajribalaridan kelib chiqqan holda qiziqarli suhbat olib bordilar. Davra suhbatini “Chet tillari” kafedrasi katta oʻqituvchisi R. Azimbaeva davom ettitib, mustahkam oilani barpo etish ayolga boʻlgan hurmat orqali, e’zoz orqali yaratilishi mumkinligini aytib oʻtdi. Tadbir soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga san’at vakillaridan javoblar olishdi.

 

15:34 / 2021-01-06
Success helper
Success warning