MASTER-KLASS

MASTER-KLASS

      Oʻzbekiston fan arbobi, i.f.d.,prof. Ahmadjon Oʻlmasov tomonidan 2019-yil 18-sentyabr soat 13:50 da Magistratura boʻlimi “Menejment” hamda “Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar” taʼlim yoʻnalishlari birinchi kurs tinglovchilari uchun “Pul tizimi va uning nazariy muammolari” mavzusida master-klass oʻtkazildi.Unda tegishli kafedralar professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etdilar.
      Master-klassni muammoli maʼruza sifatida oʻtkazish davomida pulning qadr-qiymati, pulni tovar va xizmatlar bilan taʼminlash, valyuta kursi, pul muomalasi, pul muvozanati, inflyatsiya sabablari kabi masalalar koʻrib chiqildi.
    Mashgʻulot interaktiv leksiya koʻrinishida olib borilib, unda tinglovchilar faol ishtirok etdilar.
     Master-klass ishtirokchilarida  koʻpgina dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar uygʻondi va ular dars soʻngida oʻz taassurotlarini bildirib bunday mashgʻulotlar yana davom etishini  soʻrab qoldilar.

 

15:43 / 2019-09-19
Success helper
Success warning