Talabalar o‘qishini qayta tiklash va ko‘chirishga oid E’LON!!!

Talabalar o‘qishini qayta tiklash va ko‘chirishga oid E’LON!!!

Talabalar o‘qishini qayta tiklash va ko‘chirishga oid

 

E’LON!!!

 

Koronavurus pandemiyasi sharoitida 2020-2021 o‘quv yili kuzgi semestrida talabalar o‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish borasida fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan http://transfer.edu.uz sayti orqali arizalarni on-layn tarzda qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘qishini kuzgi semestrda qayta tiklash va ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Fuqarolar o‘qishini kuzgi semestrda qayta tiklash va ko‘chirish yuzasidan yuqorida qayd etilgan muddatda http://transfer.edu.uz sayti orqali on-layn ariza berishi zarurligini eslatib o‘tamiz.

10:21 / 2020-07-20
Success helper
Success warning