Budjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti BILM-50 guruhida “1-KURS MAKTABI” dasturi asosida bajarilgan vazifalar xususida
“Budjet hisobi va g‘aznachilik” fakultetining BILM-50 guruhida “1-kurs maktabi” dasturi asosida tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi. 2019-2020 o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan BILM-50 guruh talabalari guruh murabbiyi S.Yunusova boshchiligida Toshkent moliya instituti, institut tarkibida mavjud fakultetlar va ular qoshidagi kafedralar bilan tanishdilar. Institutga qarashli “Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi”ga tashrif buyurib, unda talaba-yoshlarga yaratilgan ulkan sharoitlarni ko’zdan kechirdilar. .
Bundan tashqari, talabalar Toshkentning markaziy maydoni bo‘lgan “Mustaqillik maydoni”ga hamda “HUMO ARENA” muz saroyiga sayohat uyushtirib, murabbiylari tomonidan majmualarning paydo bo’lish tarixi haqida bilib oldilar va poytaxt ko’rkiga ko’rk qo’shayotgan go‘zal manzaralardan bahramand bo‘ldilar.
Sayoxatning keying manzili bilimlar buloqlari jam bo’lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo’ldi. Axborot va madaniy-ma’rifiy muassasa, kutubxona, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib borish majmuasi, kutubxona fondi, milliy va xorijiy matbuotning noyob to‘plamlari joy olgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida S.Yunusova o’z talabalariga so‘zlab berdi. Talabalar kutubxona bilan yaqindan tanishib o‘z hohishlari bilan kutubxonaga a’zo bo‘ldilar.
Mazkur ishlar yoshlar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ularni yaqindan tanishtirish hamda kelajakda o‘z kasbiga hurmat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya topishlarida oz bo’lsada xizmat qilish maqsadlarini mujassamlashtirdi.