O'zLiDeP tomonidan “Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostidagi ommabop targ’ibot tadbiri o’tkazildi

O'zLiDeP tomonidan “Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!" shiori ostidagi ommabop targ’ibot tadbiri o’tkazildi

Bugun, 26-noyabr kuni O'zLiDeP tomonidan “Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!”, "Saylov-demokratiya ko'zgusi” shiorlari ostida saylovoldi ommabop targ’ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

 

 Targ'ibot tadbirini Toshkent moliya instituti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori Karimova Komila Daniyarovna moderator sifatida olib bordi.

 

 Dastlabki so’z O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati Fayzieva Dilorom Xusnutdinovnaga berildi. Deputat O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi, viloyatlar tuman va shahar Kengashlariga o'tkaziladigan saylovlar to'g'risidagi ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilariga yetkazdi.

 

 Faxriy jamoatchi, Respublika xotin-qizlar qo'mitasi eksperti, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi targ'ibotchisi Shermuxamedova Jamila Tashpulatovna Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal demokratik partiyasining saylovoldi dasturi to'g'risida to’xtalib o’tdi.

 

 So’ngi so’z navbati Zaynutdinova Dilbar Yusupovna― Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal demokratik partiyasi Yunusobod tuman Kengashi ijroiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosariga berildi. Ular O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi, Toshkent shahar va Yunusobod tuman Kengashlariga O’zLiDePdan ko'rsatilgan nomzodlarni tanishtirdi.

 

 “Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostidagi mazkur targ'ibot tadbiri har qanday rasmiyatchilikdan holi tarzda o'tkazilganligi sababli savol-javoblar va baxs-munozaralarga boy bo’ldi.

 

 

15:59 / 2019-11-29
Success helper
Success warning