2-son talabalar turar joyida Bank ishi fakulteti talabalari o‘rtasida “Stol tennis” sport turi bo‘yicha musobaqa bo’lib o’tdi

2-son talabalar turar joyida Bank ishi fakulteti talabalari o‘rtasida “Stol tennis” sport turi bo‘yicha musobaqa bo’lib o’tdi

 23-oktyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Bank ishi fakulteti Talabalar kengashi raisi va vitse-prezidenti tomonidan Toshkent moliya instituti 2-son talabalar turar joyida Bank ishi fakulteti talabalari o‘rtasida “Stol tennis” sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

 

 Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”, bo’sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sportga qiziqtirishdir.

 

 Murosasiz kechgan o’yinning yakuniy natijaga ko‘ra BI-60 guruh talabasi Ne’matillayev Jaloliddin 1-o‘rinni, BI-51 guruh talabasi Tursunov Ismoil 2-o‘rinni, BI-61 guruh talabasi Yo‘ldashev Muzaffar 3-o‘rinni egalladi. G‘olib bo‘lgan talabalar diplom bilan taqdirlandilar.

 

 

12:50 / 2019-10-29
Success helper
Success warning