Amaliy seminar-treninglar davom etmoqda
Joriy yilning 29-yanvar kuni Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri, i.f.d., professori Allayarov Shamsiddin Amanullayevich tomonidan “Dissertatsion tadqiqot ishini olib borishning dolzarb masalalari: xorijiy tajribalar asosida” mavzusida hamda “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi, PhD dotsenti Kalandarov Ravshan Abdukayumovich tomonidan “Plagiat va uni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida seminar-treng tashkil etildi.
Ushbu seminar-trengdan ko‘zlangan asosiy maqsad - doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.