"Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi o‘tkazildi

"Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi  «Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi  351-son buyrug‘i  bilan tasdiqlangan  Oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, joriy yil 27-yanvar kuni Toshkent moliya instituti qoshidagi «DIGITAL FINANCE» Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tomonidan “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovi o‘tkazildi.

 

 

 

 

Tanlovda talaba-qizlar o‘zlarining loyihalarida biznesga yangicha qarashlarini, raqobatbardosh bozorni egallashga bo‘lgan ishtiyoqlarini ko‘rsatishdi va taqdimot yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 

 

 

 

Talabalar tomonidan taqdim etilgan loyiha hakamlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ekspertlar bahosiga ko‘ra, quyidagi 3 nafar talabalar loyihasi yuqori ballar asosida tanlab olindi:

 

  • 1-o‘rinni Sobirova Malika Qahramon qizi, Bank ishi fakulteti talabasi (Bolalar sartaroshxonasi)  
  • 2-o‘rinni Ikramova Munisa Moliya fakulteti talabasi (Epoksidli go‘zallik studiyasi)
  • 3-o‘rinni Shokirova Shahzoda, Bank ishi fakulteti talabasi (Yangi dunyoda yangicha qadam).

 

Tanlovda tashqi ekspert sifatida «Ipak Yo‘li» AIT Banki Mirzo Ulug‘bek filiali Kreditlash va investitsion loyihalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Alisher Raximjonov ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan loyihalarni  katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab, yuqori baholadi.

 

 

“Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar institut tomonidan pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

15:49 / 2024-01-30
Success helper
Success warning