Institut vakillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan sessiyada ishtirok etmoqda
TMIning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.N.Oblomuradov va Xalqaro moliya-kredit kafedrasi mudiri J.X.Аtaniyazovlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Davlat xususiy-sheriklikni rivojlantirish" bo‘yicha ishchi guruhning 7-sessiyasida ishtirok etmoqda.
Sessiya davomida davlat-xususiy sheriklik dasturlarini amalga oshirishda raqamli va yashil texnologiyalarni qo‘llash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish hamda ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.