"O'zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning muammolari va istiqbollari" mavzusida maxorat darsi
2020 yil 17 yanvar kuni 10:30 da 1-ma'ruzalar zalida "Baholash ishi va investitsiyalar" kafedrasi hamda institut talabalari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishning muammolari va istiqbollari" mavzusida maxorat darsi o'tkazildi. Maxorat darsida "Byudjet hisobi va g'aznachilik" fakulteti dekani R.Saidov, "Baholash ishi va investitsiyalar" kafedrasi mudiri " E.Nosirov va pedagog hodimlar ishtirok etdilar. Mehmon sifatida N.Nuritdinov va A.Xoliqovlar taklif etildi. N.Nuritdinov Londondagi Collinson Group kompaniyasining moliyaviy rejalashtirish va tahlil qilish bo‘yicha katta mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib hozirda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi DXSH rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. Maxorat darsida N.Nuritdinov va A.Xoliqovlar DXSH sohasida amalga oshirilayotgan amaldagi holatlar bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.