“Davlat byudjeti” fanidan qo‘shma amaliyot darslari ashkil etildi
Joriy yilning13-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3775-sonli Qarorlarida aks ettirilgan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxxassisliklari o‘quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda qo‘shma amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash hamda TMI “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti BPI-71 guruhi talabalarining “Davlat byudjeti” fanidan o‘tilgan “Byudjet nazorati” mavzusi doirasida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani moliya bo‘limi hamda Yunusobod tumani statistika bo‘limlarida “Davlatiy moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.K.Xamdamov, Toshkent shahar Yunusobod tumani moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.To‘laganov hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani statistika bo‘limi mudiri I.I.Shermatovlar hamkorligida qo‘shma amaliyot darslari tashkil qilindi.
Qo‘shma amaliyot darsi davomida talabalar byudjet nazoratini tashkil etishda mahalliy moliya organlarining ahamiyatiga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar, shuningdek, Yunusobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i I.I.Shermatov tomonidan talabalarga davlat byudjeti xarajatlari va daromadlarini rejalashtirishda statistik ko‘rsatkichlarning ahamiyati yuzasidan talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.