“Yuridik va jismoniy shaxslarga ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlari sifatini oshirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Yuridik va jismoniy shaxslarga ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlari sifatini oshirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

2023-yil 27-dekabr kuni Toshkent moliya institutining “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Yuridik va jismoniy shaxslarga ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlari sifatini oshirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

 

Master-klassga “Semurg’ insurance” AJ Bosh direktori o‘rinbosari Shorasulov Sh. Sh. taklif etildi. Unda mamlakatimizdagi sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlari ko’lami va ularning sifati to‘g‘risida fikr mulohaza yuritildi.

 

 

 

Sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri sanaladi. Keyingi yillarda esa mamlakatimiz milliy sug‘urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug‘urta bozoriga bo‘lgan ishonchini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to’g’risida fikr almashildi.

14:29 / 2023-12-28
Success helper
Success warning