JICA va Toshkent moliya instituti hamkorlik jarayonlari kengaymoqda

JICA va Toshkent moliya instituti hamkorlik jarayonlari kengaymoqda

2021-yil 11-iyun kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA)ning Oʼzbekistondagi ofisi vakillari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdilar. Delegatsiyani Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev boshchiligidagi institut vakillari qabul qildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA)ning Oʼzbekiston ofisining Volontyorlik loyihalari koordinatori Utsumi Marie va loyiha koordinatori Farxod Qurbonovlar bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari boʼyicha uchrashuv oʼtkazildi.

 

Institut rektori T.Teshabayev Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA)ning Oʼzbekiston ofisi bilan hamkorlikda istiqbolda oʼquv laboratoriyalarini tashkil etish, “raqamli kutubxona” loyihasini ishga tushirish va ushbu kutubxonada dunyoning rivojlangan davlatlari kutubxonalari va А.Navoiy nomidagi Oʼzbekiston milliy kutubxonasi axborot bazalariga toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilish imkoniyatini yaratish boʼyicha fikr almashdilar.

 

Utsumi Marie Toshkent moliya institutining mamlakatda nufuzli oliy taʼlim muassasa ekanligi hamda agentlikning barcha loyihalarini qoʼllab-quvvatlab kelayotganligi uchun mamlakatdagi ofis rahbariyati nomidan oʼz minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, mehmon institut rektori tomonidan bildirilgan hamkorlik takliflarini birgalikda amalga oshirishga hamisha tayyor ekanligini va bu borada barcha hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda yaqindan koʼmak berishini alohida taʼkidlab oʼtdi.

 

Uchrashuv davomida moliya va iqtisod yoʼnalishi talabalari uchun zamonaviy darsliklar taqdim etildi va oʼz navbatida, institut rektori T.Teshabayev tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining Oʼzbekiston ofisi rahbariga hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi say-harakatlari uchun Tashakkurnoma topshirildi.

 

 

16:54 / 2021-06-12
Success helper
Success warning