“Kitobxon talaba -2021” ko‘rik-tanlov yakuni

“Kitobxon talaba -2021” ko‘rik-tanlov yakuni

2021-yil 9-iyun kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Abdulla Qahhor asarlari bo‘yicha “Kitobxon talaba -2021” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

 

Ma’lumki, joriy o‘quv yili davomida "O‘zbek va rus tillari" kafedrasi tomonidan onlayn shaklda, bir necha bosqichda o‘tkazilgan ushbu tanlovga talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy ishlar institutning "Eng yaxshi kitobxon talaba" telegram kanaliga muntazam joylanib borildi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan o‘rganilib, nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan ishlar ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichida tinglandi. 

 

Tanlov g‘oliblari quyidagicha belgilandi:

Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlarda va “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 3ta yo‘nalishdagi faol ishtiroki uchun:

 

Oliy o‘rin – Baymuratova Lobar -Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti talabasi;

 

“Eng faol badiiy asar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi

1-o‘rin – Nosirova Mardona – Bank ishi fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Mingboyev Ibroxim - Moliya fakulteti talabasi.

 

“Audiohikoya” nominatsiyasi

1-o‘rin – Mahkamov Doniyor - PDU qo‘shma fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Abduxalilova Oyshabonu - Iqtisodiyot fakulteti;

3-o‘rin – O‘sarov Javoxir - Moliya fakulteti talabasi.

 

“Badiiy ijod” nominatsiyasi

1-o‘rin – Abdusattorova Mushtariy Dilshodbek qizi - Bank ishi fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Mingboyev Ibrohim - Moliya fakulteti talabasi.

 

“Audiopostanovka” nominatsiyasi

1-o‘rin - Umaraliyev Saidqobil - Iqtisodiyot fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Murotova Nigina - Bank ishi fakulteti talabasi;

3-o‘rin – Yandasheva Parizoda – Moliya fakulteti talabasi.

 

"Nazm va navo" nominatsiyasi

1-o‘rin – Fayzullayeva Nigina – Soliq va sug‘urta fakulteti talabasi;

2-o‘rin – Yusupov Mirzayusuf – Bank ishi fakulteti talabasi;

3-o‘rin –Uktamova Malika – Bank ishi fakulteti talabasi.

 

G‘olib talabalarga institut tomonidan faxriy yorliqlar, kitoblar va pul mukofotlari topshirildi.

 

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva, institut murabbiylar kengashi raisi Umurzoq Rajabov, "O‘zbek va rus tillari" kafedrasi professori Nishonboy Husanovlar so‘zga chiqib, talabalar badiiy ishlariga yuqori baho berishdi va bu tanlovda Prezidentimizning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchtasi ijrosi bajarilgani, yoshlar hayotida adabiyot, she’riyatning ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirdilar.

 

 

 

 

 

 

 

11:45 / 2021-06-10
Success helper
Success warning