2019-yil 17-iyun kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasining dotsenti, i.f.n. L.Sh.Sobirova, kafedra dotsenti v.b., i.f.n. M.A.Raimjanova, katta o‘qituvchilar N.F.Xonova, N.Q.Shaislomova, Sh.Sh.Asomxodjayeva, Z.D.Saydaxmedova S.K.Qosimova, S.B.Yunusova hamda “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi 1-kurs IB-1 guruhi magistrantlari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonaga tashrif buyurib, “Ta’lim mazmunida kitobxonlik” mavzusida tadbir o‘tkazdilar. Mazkur tadbir “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” asosida amalga oshirilgan bo‘lib, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga dahldorlik, fidoiylik hissini adabiyot orqali qaror toptirish maqsadida kafedra pedagog xodimlari tomonidan kitobxonlik va kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan edi.