Mahallaga tashrif

Mahallaga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi doirasida Toshkent moliya instituti, 14-xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, Uchtepa tumani “Uchtepa” va “Y.Sakkokiy” MFY aholisi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Uchtepa tuman hokim o‘rinbosari M.Kobulova, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Zikrilla Ne’matov, “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri F.Adilova, institut Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v.v.b. O‘.Narbaev, Toshkent shahar Kengashi deputati, M.Ilxomov va Yunusobod tuman Kengashi deputati U.Radjabovlar hamda institut professor o‘qituvchi va maktab o‘qituvchilari, talaba-o‘quvchilar ishtirok etishdi. 

Tadbir bayramona kayfiyatda boshlanib, ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazildi.


 

12:11 / 2021-11-30
Success helper
Success warning