Menejment fakultetida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Menejment fakultetida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

   2019-yil 27-may kuni Toshkent moliya institutining Menejment  fakultetida “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining guruhlararo saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda Menejment fakultetining 1, 2 va 3-kurs talabalaridan shakllangan jamoalar o‘zaro bellashishdi.

   Qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan ushbu bosqichda fakultetning 1-2 kursdan iborat jamoa ko‘rik-tanlovda g‘alaba qozondi. Terma jamoa safida tanlovning so‘nggi bosqichida ishtirok etish uchun quyidagi talabalarga yo‘llanma berildi: “Eng faol badiiy asar taqdimoti” tanlovida Menejment fakultetining M-70 guruh talabasi Butaev Doston (Paulo Koeloning “Alkimyogar” asari), “Asarlardan yaralgan sahna asari” tanlovida M-60 guruh va MKTBXA-70 guruh talabalaridan iborat bo‘lgan jamoa a’zolariga (Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asari) va “Badiiy ijod” tanlovida M-70 guruh talabasi G‘ulomov Javohir.

 

 

16:17 / 2019-05-31
Success helper
Success warning