Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning beshta muhim tashabbusi doirasida 3-sonli talabalar turar joyida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.
2019-yil 1-iyun kuni institutning 3-sonli talabalar turar joyida “Menejment” fakulteti dekani L.Zoyirov, dekan muovini X.Axmedov, “Moliyaviy menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirokida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbus”i doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni “Menejment” fakulteti dekani L.Zoyirov kirish so‘zi bilan ochdi. Keyin so‘z “Moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri S.Elmirzayevga berildi.
S.Elmirzayev talabalar bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va ma’naviyatini yuksaltirish borasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning beshta tashabbusini amaliyotga joriy etishda kitobxonlikning ahamiyati xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Tadbir yakunida “Moliyaviy menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan jahon adabiyoti va milliy adabiyotimizda o‘zining munosib o‘rniga ega badiiy adabiyotlar talabalarga taqdim etildi.