“Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi
2019-yil 23-may kuni soat 12.00 da Toshkent moliya institutining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Moliya fakultetining 1-kurs talabalari o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan ushbu bosqichda fakultetning 1-kurs (MM-10, 11 guruh) talabalaridan tashkil topgan “Gratsiya” jamoasi ko‘rik-tanlovning 2-bosqich g‘olibi deb topildi. Ushbu jamoaga tanlovning 3-bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.