2019-yil may oyi-“Sport oyligi”da futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi

2019-yil may oyi-“Sport oyligi”da futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi

   Kuni kecha institut sport majmuasida Toshkent moliya institutinining talabalaridan saralangan futbol jamoasi Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti futbol jamoasiga qarshi “Oʻrtoqlik uchrashuvi”ni oʻtkazdilar. Ushbu futbol musobaqasi juda qiziq oʻtdi. Bizning chaqqon sportchilarimiz 3 karra Oʻzbekiston chempionlariga (Talabalar oʻrtasida) qarshi munosib raqib boʻla oldilar. Ammo natija 3:1 hisobida raqib jamoa hisobiga hal boʻldi. Natija qanday boʻlganidan qatʻiy nazar biz oʻz talabalarimizdan minnatdormiz! Bu gal boʻlmasa, keyingi safar albatta gʻalaba biz tamonda boʻladi! Muhimi aslida gʻalabada emas, doʻstlikda!

Futbol sport turida huddi professionallardek harakat qiluvchi “Ustozlar jamosi” ham TIQXMMI ning oʻzlariga oʻxshagan “Ustozlar jamosi” ga qarshi toʻp surdilar. Umumiy natijaga koʻra oʻyin gollarga boy boʻldi. 1-taymda bizning institut jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2-taymda esa 5:3 natijasi bilan gʻalabaga toʻla toʻkis ishongan jamoamiz, yakuniy pallalarda 2 ta toʻp oʻtkazib yuborib durrang natijani qayd etdilar. Natija qanday boʻlmasin “Sport-sogʻlik garovi” shiorini amalda qoʻllay bilib, 2 oliy ta’lim muassasasi oʻrtasida doʻstona muhit yarata olganimiz biz uchun eng muhimidir.

 

15:49 / 2021-01-06
Success helper
Success warning