YOZNI “MOLIYACHI” OROMGOHIDA O’TKAZING!

YOZNI “MOLIYACHI” OROMGOHIDA O’TKAZING!

           Institutda faoliyat olib borayotgan pedagog va ishchi-xodimlar, talaba-yoshlar hamda Siz azizlarning oila a’zolariningizni “Moliyachi” oromgohida maroqli hordiq chiqarishga taklif etamiz! Oromgohimizda Siz Qadrdonlarning hordiq chiqarishlaringiz uchun institut va “Moliyachi” oromgohi rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

       “Moliyachi” oromgohida 220 o‘rinli yozgi madaniyat saroyi, kitobxonlar uchun 30 o‘rinli kutubxona, 1 ta ochiq futbol maydoni, 1 ta ochiq basketbol maydoni, 1 ta volleybol maydoni hamda 40 m2 maydonni tashkil etuvchi shaxmat va shashka klubi dam oluvchilar xizmatida. “Moliyachi” oromgohida katta va kichik 2 ta suv havzasi, 220 o‘rinli oshxona, zamonaviy ta’mirlangan erkaklar va ayollar yuvinish xonalari mavjud.

Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani (Piramida dam olish maskanidan o’tib, Chimyon tarafga taxminan 500m yurganingizda )

Keling! Ko’ring! Barchasiga o’zingiz guvohi bo’ling!

Murojaat uchun telefon raqamlarimiz: +99897 422-00-88

 

 

13:05 / 2019-08-12
Success helper
Success warning