Yangilanayotgan O’zbekiston

Yangilanayotgan O’zbekiston

 Joriy yilning 24-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnoma taqdim etdi. Shu munosabat bilan “Moliya-Iqtisod” fakulteti MKT(M)-90 guruh talabalari, fakultet dekan muovini M.Rustamov va “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi dotsenti Sh.G’aniyevlar Murojaatnomani birgalikda tingladilar. Prezident tomonidan Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilishi ko’zlanayotgan islohotlar, OTMlarnig o’zini-o’zi moliyalashtirishi, davlat grantlari sonining ko’paytirilishi va ayrim yo’nalishlarda ta’lim olish muddatini uch yilga qisqartirilishi talabalar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

 

 Shuningdek, talabalar O’zbekistonda 2020-yilda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar va kelgusi yillarga mo’ljallangan strategik rejalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

 

 

17:35 / 2020-01-24
Success helper
Success warning