“Innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish muammolari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
2019-yil 17-aprel kuni “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy Markazi direktori o‘rinbosari Akbarxon Sobirxon tomonidan Magistratura bo‘limining IB-1, BIR-1 guruhlari va G‘aznachilik va davlat jamg‘armalari fakultetining BILM-60 guruh talabalariga “Innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish muammolari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.