“Erkin iqtisodiy hududlarda tashkil etilgan korxonalarda buxgalteriya hisobining muammoli jihatlari” mavzusida master-klass tashkil etildi
Iqtisodiy tahlil kafedrasi tomonidan 2023 yil, 29 dekabr kuni kafedra pedagog xodimlari uchun “PENG SHENG” qo‘shma korxonasi moliyaviy konsultanti, Yilning eng yaxshi buxgalteri, AССA sertifikati sohibi Ruzmamatov A.K. tomonidan “Erkin iqtisodiy hududlarda tashkil etilgan korxonalarda buxgalteriya hisobining muammoli jihatlari” mavzusida master klass tashkil etildi. Master klassda MHXSni O’zbekiston amaliyotida ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda mazkur sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullari to’g’risida fikr va mulohazalar yuritildi.