Toshkent Moliya instituti vakillari “Kvarts” AJ SPOsi obuna kampaniyasining rasmiy ochilish marosimida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish doirasida koʻtarilgan masalalardan kelib chiqqan xolda Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda “Korporativ moliya” va “Menejment” taʼlim yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi, “Kvarts” AJ, “Portfolio Investments” va “Freedom Finance” brokerlik tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan “Kvarts” AJ SPOsi obuna kampaniyasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdilar.
“Kvarts” AJ SPOsi obuna kampaniyasining rasmiy ochilish marosimida soʻzni “Freedom Finance” brokerlik tashkiloti vakillari SPO(qimmatli qogʻozlarning fond bozoridagi ikkilamchi ommaviy taklifi) jarayoni boʻyicha umumiy maʼlumot berib ochib berdilar. Shundan soʻng, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi rahbarlari oʻz chiqishlarini amalga oshirdilar. Unda Respublikamizda oʻz sohasi boʻyicha lider kompaniya hisoblangan “Kvarts” AJ boʻyicha tegishli maʼlumotlar berishdi. “Kvarts” AJ vakillari tomonidan korxonaning yaqin kelajakdagi istiqbollari va yirik loyihalariga bagʻishlangan taqdimoti oʻtkazildi.
Marosim yakunida investor va talabalarni qiziqtirgan savollar boʻyicha soha professonalaridan javoblar olindi. Tadbirda ishtirok etgan barcha talabalar hozirgi kunda fond bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni va uni rivojlantirishga oid amalga oshirilayotgan jarayonlar toʻgʻrisidagi amaliy koʻnikmalarni mustahkamladilar. Xususan, ular qimmatli qogʻozlar bozori va “Kvarts” AJ SPOsida faol ishtirok etish boʻyicha tegishli tavsiyalar oldilar.