“Startap loyihalarini tijoratlashtirish” mavzusida seminar-trening
2020 yil 17 yanvar' kuni institutning Ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Startap loyihalarini tijoratlashtirish” mavzusida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar uchun seminar-trening tashkil etdi.
Seminar-treningni institutning Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori S.U.Mexmonov ochib berib, bugungi kunda Toshkent moliya institutida innovasiya faoliyati, innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarni innovasiya faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Dj.Ya.Babaxanov respublikamizda innovasion ishlanmalar, jumladan, startap loyihalarini amalga oshirish va tijoratlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, bu borada oliy ta'lim muassasalari pedagog-xodimlari va talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Ma'ruzachi tomonidan yoshlarni innovasion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab quvvatlash, startap loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hayotiy misollar va xorijiy tajribalar asosida qiziqarli axborotlar berildi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olib, kelgusida startap loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha zaruriy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.