Murabbiy tomonidan tashkillashtirilgan bayrami tadbiri

Murabbiy tomonidan tashkillashtirilgan bayrami tadbiri

07.03.2019 kuni menejment fakulteti MKT(BI)-90 guruh murabbiyi dots. Sh. Gʻaniyev va guruhning yigit talabalari “8-mart Xotin- qizlar bayrami” munosabati bilan bayram tadbirini tashkil qildilar.

Tadbirni dots. Gʻaniyev Sh. oʻzining samimiy tilaklari bilan boshlab berdi. Soʻng, guruhning iqtidorli yigit talabalari tomonidan guruh qizlariga tabrik she’rlari aytildi.

Yigitlar tomonidan gullar va sovgʻalar ulashilgach MKT(BI)-90 guruh qizlari va ular qatorida barcha onalarni, singillarni, opalarni, xotin - qizlarni bayram bilan muborakbot etib, dunyodagi barcha erkaklarning tilaklarini, ularning maqsadlarini izhor etdilar: “Oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘linglar! Nega deganda, ayollarimizning baxti – xalqimiz va jamiyatimizning baxtidir”.

 

15:26 / 2020-10-08
Success helper
Success warning