Sayyor dars 

Sayyor dars 

Joriy yil 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi magistrantlari uchun “Korporativ boshqaruv” fanidan sayyor dars tashkil etildi. 

Sayyor dars korporativ boshqaruv sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis iqtisodiyot fanlari doktori, professor Dilmurod Suyunov tomonidan viktorina shaklida o‘tkazildi. Viktorinada faol qatnashgan magistrantlarga Dilmurod Suyunov muallifligida chop etilgan “Korporativ boshqaruv mexanizmi: muammo va yechimlar” ilmiy monografiyasi esdalik uchun taqdim etildi.

11:27 / 2021-11-30
Success helper
Success warning