TMI rektoriga Janubiy Koreyaning Kyungdong universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi

TMI rektoriga Janubiy Koreyaning Kyungdong universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi

 

Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent moliya instituti vakillari amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Kyungdong universitetida bo‘lib turibdi.

 

 

Mazkur tashrif davomida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayevga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri - Kyungdong universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi.

 

 

Maʼlumot uchun aytish joizki, Kyungdong universitetida 10000 dan ortiq talabalar o‘qiydi. Shuningdek, mazkur universitetda 1500 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi. Ushbu universitet Janubiy Koreya oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida "Bitiruvchilarni ishga joylashtirish" ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.

14:09 / 2023-10-11
Success helper
Success warning