Talabalar turar joyida kitobxonlik targ‘iboti

Talabalar turar joyida kitobxonlik targ‘iboti

   Toshkent moliya institutining 1-sonli talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida talabalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish niyatida “Kitoblar–bilimlarning bulog’i” mavzusida “Budjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi a’zolari tashabbusi bilan davra suhbati o‘tkazildi.

    Kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan savol-javoblardan so’ng kafedra a’zolar talabalar turar joyining kutubxona fondiga turli badiiy kitoblar sovg‘a qildilar va talabalarning minnatdorchiliklariga sazovor bo’ldilar.

 
   

 

12:03 / 2019-09-23
Success helper
Success warning