“Islom ma’naviyatining ahamiyati” mavzusidagi tadbir tafsilotlari

“Islom ma’naviyatining ahamiyati” mavzusidagi tadbir tafsilotlari

2019-yilning 20-sentyabr sanasida “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan “Kafedra haftaligi” doirasida institutining Obi hayot binosi katta majlislar zalida “Islom ma’naviyatining ahamiyati” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda institut murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, O’zbekiston musulmonlari idorasi vakili Y.Muxiddinov, “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti dekani U.Ortiqov, “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasining barcha o’qituvchilari- murabbiylari va fakultet talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda mamlakatimizda diniy madaniyat va diniy bag’rikenglikning yoshlar siyosatiga ta’siri masalalari ko’rib chiqildi.

 

 

15:49 / 2019-09-24
Success helper
Success warning