“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 31-yanvarda Toshkent moliya instituti Ilmiy -tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari uchun “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, PhD Shadiyeva Dildora Hamidovna tomonidan “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad - doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish hamda kamchiliklarni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini talablarga muvofiq rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.